“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun o‘zlarining hujjatlar to‘plamini taqdim qilishlari mumkin.
Talabgorlardan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari so‘raladi:
sinov daftarchasidan ko‘chirma;
dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
tillar kafedrasi, tarix va madaniy meros kafedrasining suhbat natijalari haqidagi ma’lumotnomalari.
Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.