Bugun “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm Menejmenti” kafedrasi tomonidan talabalar uchun Mehmonxona Biznesi bo‘yicha mehmon mutaxassis Natalya Grineva tomonidan ma’ruza tashkillashtirildi. “Movenpick Samarkand” mehmonxonasi bosh menejeri Natalya Grineva talabalarga mehmondo‘stlik olami, xalqaro mehmonxona tarmoqlari ishining o‘ziga xos jihatlari va sohada muvaffaqiyatga erishish sir-asrorlari haqida gapirib berdi. Ushbu ma’ruza mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirish, dolzarb muammolarni hal qilish uchun amaliy bilimlarni qo‘llash imkonini bergani bilan talabalar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.