“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshiruvchi talabgorlar uchun hujjatlari qabuli davom etmoqda. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga yuborishlari zarurligini qayd etib o'tamiz.
- Yo‘llanma xat
- Passport nusxasi (2 dona)
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma
- Ariza
- Doktorlik dissertatsiyasi e’lon qilingan “OAK Byulleteni” jurnali nusxasi (sanasi, jurnal soni)
- Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida malumot ( namunaviy jadval ilova qilinadi).
Hujjatlar joriy yilning 31-oktabriga qadar qabul qilinadi.
08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 17-fevraldagi 220/2-son Qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan hamda 08.0017-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon dasturiga muvofiq o‘tkaziladi (dastur ilova qilinadi).
Malakaviy imtihonlarni o‘tkazilish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.