Seshanba, 14 Noyabr 2023 17:41

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xorijlik talabgorlar uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD) qabul boshlanganini e’lon qiladi

  • 00.11-Marketing
  • 00.13-Menejment
  • 00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi
  • 00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi

Tayanch doktorantura (PhD)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:

  • Passport nusxasi (pdf)
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
  • Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
  • Tavsiyanoma xat (2ta)
  • Taxminiy dissertatsiya ishi mavzusi va asosnomasi;

Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim:

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Hujjatlar joriy yilning 15-noyabr sanasidan 15-yanvar sanasiga qadar qabul qilinadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlaridan suhbat bo‘lib o‘tadi. Imtihon sanasi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Qo‘shimcha ma’lumot: Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirishga talabgorlar tomonidan dissertatsiya ishi asosnomasi quyidagi tartibda yozilishi lozim:

(namuna)

TADQIQOTChINING IQTISODIYOT FANLARI BO‘YICHA  FALSAFA DOKTORI (PhD) MAVZUSI BO‘YIChA

ASOSNOMA

Tadqiqotchining F.I.Sh.:

Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: tayanch-doktorant, 03.01.2023yil

Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertasiya ishi mavzusi:

Ixtisoslik shifri:

Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i:  iqtisodiyot

Ilmiy rahbar (yoki konsultant mavjud bo‘lgan taqdirda):

Ish bajarilayotgan tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

1. Dissertatsiya ishi mavzusi va qisqacha xulosa   (30-80 so‘z);

2.  Adabiyotlar ro‘yxati, tadqiqot usullari va mazmuni  (1000 so‘z);

3. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari (20-25 so‘z)

4. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. (50-75 so‘z)

5. Ishning amaliy va ilmiy natijasi. (45-60 so‘z)

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar