Chorshanba, 22 Noyabr 2023 14:30

DIQQAT! MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN ARMRESTLING SPORT TURI BO‘YICHA SPORT MASHG‘ULOTLARIGA A’ZO BO’LISHGA ULGURING!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida 2022-yildan boshlab armrestling sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan. 2023- yil 25-noyabridan esa yangi guruhlarni ochish rejalashtirildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar