Seshanba, 28 Noyabr 2023 14:44

Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.

Universitetning Akademik taqvimiga koʻra, bakalavr ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun 2024-yil 8-yanvardan 19-yanvargacha qishki maktab boʻlib oʻtadi va dars jarayonlari 22-yanvardan boshlanadi.

Magistratura mutaxassisligi talabalari uchun 2024-yil 15-yanvardan dars jarayonlari boshlanadi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar