“Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Ushbu loyiha doirasida 2023-2025-yillarda 1,2 mln. nafar yoshlar 8 ta yo‘nalishdagi onlayn kurslardan bepul o‘qitish rejalashtirilgan hamda IT-Park tomonidan barcha kontentlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jami 10 ming dona litsenziya sotib olish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi.
Yurtimizda loyiha doirasida yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan hamda “Xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati” tasdiqlangan.
Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!