Payshanba, 01 Fevral 2024 11:31

O‘z iqtidoringizni namoyish qiling va tanlovda g‘olib bo‘ling

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun: Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga arizalar joriy yilning 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti (www.vorislar.uz)dan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar