Dushanba, 05 Fevral 2024 16:37

Belаrussiyada grant asosida o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlar diqqatiga!

Belаrus Respublikasi hukumati 2024/2025-oʻquv yiliga xorijiy fuqarolar uchun moʻljallangan taʼlim grantlari doirasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun 10 ta grant oʻrnini ajratdi.

Grantlar Belаrussiyadagi OTMlarning bakalavr bosqichidagi 10 ta taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish uchun berilmoqda. Qiziqish bildirgan talabgorlar oʻz hujjatlarini ilovada belgilangan tartibda tayyorlab, Belаrussiyaning Toshkentdagi elchixonasiga joriy yil 20-fevraliga qadar topshirishlari lozim. Belаrus tomoni kelib tushgan hujjatlar asosida nomzodlar tanlovini oʻtkazadi.

ilova

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar