Joriy yilning Sentabr oyidan boshlab bir semester muddatga Wakayama universiteti tomonidan bepul o‘qish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan 2 nafar talabalar uchun kvotalar achratildi. Ushbu dasturga universitetning sentabr oyida 2 yoki 3-bosqichga o‘tgan talabalar hujjat topshirishlari mumkin.
Nomzodlar suhbat asosida tanlab olinadi
IELTS 6.0 (yoki undan yuqori) til bilish sertikatiga ega bo‘lgan talabalar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish tartibi va batafsil ma’lumotlar uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga (204-xona) murojaat etishingiz mumkin.