Chorshanba, 05 Iyun 2024 11:27

Hurmatli talabalar!

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol va iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!

2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlanmoqda.

Talabgorlar:
2- va 3-bosqich bakalavr talabalari.

2- va 3- bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 % a’lo bo‘lishi shart;

Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25 % gacha yaxshi bo‘lishi mumkin.

Tanlovning universitet bosqichiga hujjatlar topshirish muddati 2024-yilning 20-iyun sanasiga qadar.

Qo'shimcha savollar bilan Ilmiy tadqiqotlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin +998662406785

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar