Chorshanba, 05 Iyun 2024 17:04

Assalomu aleykum barchaga!

❇️❇️❇️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmonining 2-ilovasi 17-bandida keltirilgan "Scopus", "ScienceDirect", "Web of Science" va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini 2025-yilga kelib yiliga 4000taga yetkazish vazifasi belgilangan. Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida xalqaro ilmiy jurnallar va yetakchi ma'lumotlar bazalaridan biri bo'lgan "Elsevier" kompaniyasi tomonidan ertaga 6-iyun sanasida soat 14:00da webinar tashkil etilmoqda. Mazkur webinar doirasida quyidagi ma'lumotlar va ko'rsatmalar taqdim etiladi:
✅Science Direct va Scopus yordamida ilmiy adabiyotlarni izlash va tanlash
✅Maqolalarni chop etish uchun xalqaro jurnallar tanlovi va ularning reytingini aniqlash
✅ Jurnal muharrirlarining maqolalar tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalari va maqola tayyorlash etikasiga oid tavsiyalar beriladi

Hurmatli tadqiqotchilar Sizlardan ?foiz to'liq ushbu vebinarga ishtirok etishlaringiz so'raladi.

Vebinarga ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://elsevier.zoom.us/webinar/register/WN_tPdqayD1QN6R-rx7YvB-cQ#/registration

Приглашение Вебинар Elsevier Июнь 6.pdf

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar