Dushanba, 10 Iyun 2024 12:19

E’LON

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xorijlik talabgorlar uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:

  • 00.11-Marketing
  • 00.13-Menejment
  • 00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi
  • 00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi
  • 00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
  • 00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:

  • Passport nusxasi (pdf)
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
  • Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
  • Tavsiyanoma xat (2ta)
  • Taxminiy dissertatsiya ishi mavzusi va asosnomasi;

Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi lozim:

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

WeChat ID:wxid_2r6fi14zlhvc22

Hujjatlar joriy yilning 31-iyul  sanasiga qadar qabul qilinadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari suhbat shaklida tashkil etiladi.Imtihon sanasi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Qo‘shimcha ma’lumot: Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) o‘qishga kirishga talabgorlar tomonidan dissertatsiya ishi asosnomasi quyidagi tartibda yozilishi lozim:

TADQIQOTChINING IQTISODIYOT FANLARI BO‘YICHA  FALSAFA DOKTORI (PhD) MAVZUSI BO‘YIChA

ASOSNOMA (namuna)

Tadqiqotchining F.I.Sh.:

Tadqiqotchining ish joyi lavozimi:

Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertasiya ishi mavzusi:

Ixtisoslik shifri:

Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i:  iqtisodiyot

Ilmiy rahbar (yoki konsultant mavjud bo‘lgan taqdirda):

Ish bajarilayotgan tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

1. Dissertatsiya ishi mavzusi va qisqacha xulosa   (30-80 so‘z);

2.  Adabiyotlar ro‘yxati, tadqiqot usullari va mazmuni  (1000 so‘z);

3. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari (20-25 so‘z)

4. Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. (50-75 so‘z)

5. Ishning amaliy va ilmiy natijasi. (45-60 so‘z)

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar