Payshanba, 24 Sentyabr 2020 08:53

Doktoranturaga (PhD) tanlov e’lon qilindi

“Ipak yo’li” Turizm xalqaro universiteti 2021 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tanlov e’lon qiladi

Ixtisoslik shifri va nomi

 Kvotalar soni

1.

08.00.05-“Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”

 2

2.

08.00.11-“Marketing”

 1

3.

10.00.06-“Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”

 1

 Jami

 4

Hujjatlar 2020 yil 25 Sentyabrdan – 15 Oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo’limiga taqdim etishlari va http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro’yxatdan o’tishlari talab qilinadi:

  1. Ariza;
  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  6. Pasport nusxasi;
  7. 3x4 rasm, 4 dona;
  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
  9. Taxminiy dissertasiya mavzusi va asosnomasi.

Tayanch doktoranturaga o’qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o’rganilgan xorijiy til) bo’yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o’rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo’lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo’lmagan) bo’yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo’lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2020 yilning 1 — 25 noyabr kunlarida o’tkaziladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo’li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo’limi

Murojaat uchun telefon: +998976143377

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar