Payshanba, 05 Noyabr 2020 17:48

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirib ariza bergan abituriyentlar diqqatiga

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 2020 yil 12 noyabr kuni Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashish uchun soat 8.30 da “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining bosh binosiga PASPORT bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovlari universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida olib borilishini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son Qarori talablari asosida 12-13 noyabr kunlari ikki kun davomida o‘tkaziladi.

Abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 95 411-40-24, +998 90 224-14-42
Universitet manzili: Samarqand shahar, Universitet hiyoboni 17 uy

Universitet qabul komissiyasi

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar