Dushanba, 23 Noyabr 2020 17:27

The Learn English Select onlayn-kursi

Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi Creative Spark loyihasi doirasida Learn English Select onlayn-kursida ishtirok etish uchun 50 nafar ko'ngilli izlamoqda.

Ishga joylashishda oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshirishga tayyormisiz?

Ingliz tilini oʻrganishning moslashuvchan, onlayn usuli orqali oʻzingizning til salohiyatingizni oshiring va amaliy koʻnikmalaringizni oʻz tempingizga mos ravishda yaxshilang. Talabalar ikkita darajani oʻzlashtirishadi va oxirida sertifikat olishlari uchun barcha kurslarda intizomli boʻlishlari, aktiv qatnashishlari kerak. Kurslarda toʻliq qatnasha olmaydigan talabalarga roʻyxatdan oʻtishni tavsiya etmaymiz. Ism, familiya, elektron pochta manzili va mobil telefon raqamingizni 28-noyabrgacha quyidagi havola orqali yuboring.

Toʻliq ma’lumot:

 

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar