Juma, 19 Fevral 2021 11:17

“Eng chiroyli nutq” tanlovi

Aziz talabalar!
Sizlarni o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘zbek tilida o‘tkaziladigan eng chiroyli nutq so‘zlash bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.
O‘zingizni notiqlik san’ati ustasi sifatida sinab ko‘ring!

Tanlovda nutqlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1) Mavzuning dolzarbligi;
2) mustaqil tahliliy qarashlarni qisqa, aniq va ta’sirchan ifodalash;
3) verbal yoki noverbal muloqot mahoratini kreativ usulda namoyish etish;
4) nutqni 4-6 daqiqaga mo‘ljallangan videorolik shaklida taqdim etish.

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (F.I.SH., telefon raqamingiz) va tayyorlagan videoroligingizni 2021-yil 15-martgacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: +998915446204 (Telegram).

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2021-yil 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida bo‘lib o‘tadi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar