Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, joriy yilda oliy ta’lim muassasalarini tugatayotgan har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ishlashi va ijtimoiy sharoitlarini bugundanoq aniq belgilamoq zarur.
Ayni paytda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilarini korxona, tashkilot va muassasalarga ishga taqsimlash hamda joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha jarayon qizg‘in tus olgan. Ya’ni, bitiruvchilar bandligini kafolatli ta’minlashga ko‘maklashish, maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida 2020-2021 o‘quv yili bitiruvchilari uchun 2021 yilning 15 aprel kuni soat 10:00da “Karera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
“Karera kuni” tadbiri offlayn formatda o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari, Respublika va Samarqand viloyatidagi turistik firmalar, logistika firmalari, Toshkentdagi Hilton, Marriott, Hyatt Regency kabi premium-klass mehmonxonalari, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalarining Personal bilan ishlash bo‘limlari boshliqlarini, restoranlar va boshqa tashkilotlardan ko‘pgina ish beruvchilarning qatnashishi rejalashtirilgan. Mazkur yarmarka bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga, bo‘lajak mutaxassislarni ish beruvchilar bilan tanishtirishga ko‘maklashadi.
Tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan turli tashkilot, turizm ob’ekti rahbarlari va vakillari quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. https://forms.gle/7LbrxcBYrSReAHD46
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2021 yil 10 aprelgacha deb belgilangan.
Barcha ish beruvchilarni “Karera kuni” tadbiriga taklif etamiz!