Chorshanba, 28 Aprel 2021 17:02

“Eng yaxshi insho” tanlovi

Hurmatli, talabalar!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 1-sonli bayoni ijrosi to‘g‘risida”gi 79-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti hamda ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan 2021-yil 18-mayda universitetda O‘zbekiston Qahramoni A.Oripov va O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘.Hoshimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan A.Oripov va O‘.Hoshimov asarlari asosida talabalar o‘rtasida insholar tanlovini o‘tkazishini ma’lum qiladi.

Insholar tanloviga universitetning barcha talaba-yoshlari taklif etiladi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar ro‘yxatdan o‘tgach, 2021-yil 18-may kuni soat 10.00 da 313-xonaga kelishlari so‘raladi. Inshoni yozishga 2 soat vaqt ajratiladi. Tanlov g‘oliblari 2021-yil 20-may kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida taqdirlanadi.

Tanlov ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ma’lumotlaringizni (F.I.SH. va telefon raqamingiz) 2021-yil 15-maygacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: +998915446204 (Telegram).

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar