“Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Sizni 2021-yilning 11-iyun kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan xalqaro onlayn konferensiyaga (internet platformaga asoslangan videokonferensiya formatida, identifikatsiya raqami va ulanish uchun parol qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi) ishtirok etishga taklif etadi. Konferensiyaning mavzusi “Agroturizm, Ekoturizm va Barqaror turizm: nazariya, amaliyot, muammolar va yechimlar”.
Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi: O‘zbekistonda agroturizm, ekoturizm va barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro va respublika olimlari hamda xalqaro ekspertlar, soha mutaxasisslari ishtirokida ilmiy, amaliy masalalarni muhokama qilishdan iboratdir. Shuningdek, mazkur anjuman mavzusi doirasida tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishlarini belgilash, agroturizm, ekoturizm va barqaror turizmni rivojlantirish yuzasidan davlat organlariga, tegishli tashkilotlarga amaliy takliflar berish ham xalqaro konferensiyaning maqsadlari hisoblanadi.
Mazkur konferensiyaga o‘z maqolalari va tezislari bilan xorijiy va mahalliy olimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Xalqaro konferensiya ish olib boradigan til - ingliz tili.
Xalqaro konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- Qishloq (agroturizm) turizmini rivojlantirishning nazariy masalalari;
- Agroturizmni rivojlanishi yuzasidan xalqaro tajribalar;
- O‘zbekistonda agroturizm, ekoturizm va barqaror turizmning hozirgi holati tahlili hamda ularni rivojlantirish istiqbollari;
- Agroturizm va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha turistik mahsulotlarni shakllantirish va uni ilgarilash texnologiyalari;
- Agroturizm, ekoturizm va barqaror turizm yo‘nalishlarida marketing va menejment.
Onlayn konferensiyada qatnashish shakllari:
- Plenar yig‘ilishda ma’ruza;
- Video/audio prezentatsiya;
- Muhokamalarda qatnashish.
Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo‘yicha talablar:
1) Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:
1.1. Tadqiqotning dolzarbligi, mavzu doirasida mavjud muammolar;
1.2. Muammoni hal qilish yo‘llari;
1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;
1.4. Kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara.
2) Ilmiy maqola va tezislar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga muvofiq bo‘lishi zarur, jumladan:
- matn muharriri – MS Word formatida yozilishi;
- sahifa – A4 o‘lchovida, kitob ko‘rinishida, barcha tomonlardan 20 mm qoldirilishi;
- shrift – Times New Roman, o‘lchovi (kegl) – 14;
- qator oralig‘i va xat boshidagi oraliq – 1,5;
- ilmiy maqola va tezisning hajmi minimum 5 bet va maksimum 8 betdan oshmasligi;
- ilmiy maqola ilgari hech qaerda chop etilmagan original bo‘lishi;
- maqola bir vaqtning o‘zida boshqa jurnalga ham chop etish uchun topshirilmagan bo‘lishi;
- maqola mazmuni nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxta hamda konferensiya mavzusiga mos kelishi;
- muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, ilmiy muassasa va tashkilot nomi yuqori o‘ng burchakda, ilmiy maqola nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yozilishi;
- mualliflar sonining uch nafardan oshmasligi;
- bir muallif bittadan ortiq maqola yubormasligi;
- barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallarning nomlanishi esa tepasida yozilishi;
- barcha grafik, diagrammalar MS Excel formatida bo‘lishi;
- jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- maqolaning foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismi APA formati talablariga ko‘ra rasmiylashtirilishi; https://owl.purdue.edu/owl/research_and_citation/apa_style/apa_formatting_and_style_guide/reference_list_basic_rules.html
- havolalar har bir betning pastki qismida joylashtirilishi kerak.
3) Ilmiy maqola quyidagi tarkibda shakllantirilishi lozim:
3.1 Abstrakt;
3.2. Kirish;
3.3. Adabiyotlar tahlili;
3.4. Tadqiqot metodologiyasi;
3.5. Natijalar;
3.6. Munozara va xulosa;
3.7. Taklif va tavsiyalar;
3.8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
4) Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
5) Konferensiyaga maqola jo‘natishni xohlovchilar ilmiy maqola va tezislarini anketani shu havola orqali to‘ldirilgan holda Universitet veb-sahifasining shu link orqali 2021-yilning 5-iyuniga qadar yuborishlari zarur. Maqola anjumanning qaysi yo‘nalishiga mo‘ljallanganligi anketada (Research area of the article) aniq ko‘rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar e’tiborga olinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
6) Yuborilgan ilmiy maqola va tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi va shuningdek, antiplagiat dasturi asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Konferensiya Ilmiy qo‘mitasi xulosasiga ko‘ra noloyiq deb topilgan materiallar chop etilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi. Ijobiy deb topilgan ilmiy maqola va tezislar nashr uchun elektron to‘plamga kiritiladi va https://www.univ-silkroad.uz/uz/ rasmiy vebsaytiga joylashtiriladi. Shuningdek, ingliz tilida yozilgan, konferensiya mavzusi doirasida muammolarni ilmiy asosda a’lo darajada yoritgan va qoidalarga ko‘ra rasmiylashtirilgan maqolalar universitetning “The Journal of Silk Road Tourism Studies” jurnalida chop etiladi.
7) Maqolaning originalligi, unda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga muallif shaxsan javobgar hisoblanadi.
Xalqaro konferensiya Ilmiy Qo‘mitasi a’zolari:
1. F.f.d., professor J.D. Eltazarov
2. PhD., dotsent I.R.Patterson
3. PhD., dotsent S.J. Vroblevskiy
4. DSc. F.A. Abduraxmonov
5. PhD. M.H. Siddiqova
6. Prof. Zou Tongqian
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni ko‘chasi, 17-uy
Murojaat uchun telefon: +998976143377