Juma, 10 Sentyabr 2021 04:55

Diqqat “Universitet talaba nigohida” tanlovi!!!

Hurmatli talabalar!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Turkiya xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan birgalikda Turkiya Respublikasida bepul stajirovka o‘tash uchun talabalar guruhini shakllantirish tanlovini e’lon qiladi.

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun 3-4- kurs talabalari turk tili fanidan intensiv kurs (onlayn)dan o‘tib, Turkiyaga safar qilishlari kerak.

Guruhlarni yig‘ish uchun tanlov e’lon qilinadi!!!

“Universitet talaba nigohida” tanlovida ishtirok etish uchun talabalar quyidagi shartni bajarishlari kerak:

  • Ingliz tilida insho yozish: “Nima uchun Turkiyaga borishni istayman?”, kamida 200 so‘zdan iborat.
  • Mavzuda quyidagi bandlar yoritilishi kerak:

- sayohatning maqsadi (25 ball),

- men nima olib kelaman (bilim, tajriba) (25 ball),

- Turkiya va O‘zbekiston sayyohlik salohiyati (25 ball),

- bu safar universitetga qanday yordam beradi? (25 ball).

Har bir band uchun 25 balldan, jami 100 ball beriladi.

Inshoni +998 97 3978285 (Telegram) raqamiga jo‘natishingiz so‘raladi.

Insholar 2021- yil 16- sentabr soat 23.00 gacha qabul qilinadi. G‘oliblar 2021- yil 20- sentabr kuni e’lon qilinadi. 15 nafar g‘olib 2021-yil oktabr oyida Turkiyada bepul amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ladi.

Turkiyaga tekin tashrif buyurish imkoniyatini boy bermang!

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar