Payshanba, 12 Noyabr 2020 17:36

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga oshirilgan to‘lov-kontrakt uchun o‘qishni istovchilardan imtihon olinmoqda

Ta’lim jarayoni ingliz tilida olib borilishini inobatga olgan holda, bugun, 12 noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining bakalavriatiga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlardan oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish maqsadida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari tashkil etildi.

DTM Samarqand viloyat bo‘limining Zarnews.uz'ga xabar berishicha, imtihon ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi.

Bugun test sinovlari yozma ravishda (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) olinyapti. Ertaga, 13 noyabr kuni gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Universitetga jami 167 nafar talabgor ariza topshirgan bo‘lib, B2 darajasini olganlar superkontrakt (oshirilgan to‘lov-kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Дополнительная информация

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar