Abituriyent o’rnatilgan tartibda tegishli hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazishi, ro’yxatdan o’tkazilgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to’g’ri kiritilganligini qaydnoma orqali tekshirib tasdiqlashi shart. Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni tugagandan so’ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi hamda abituriyentlar bazasiga o’zgartirishlar kiritilmaydi.
Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazishning muddatlari to’liq yakunlangandan so’ng, ikki hafta muddat ichida, abituriyent ruxsatnomasini Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi. U ruxsatnomasida ko’rsatilgan sanada, vaqtda va binoda test sinovlarida ishtirok etadi.
Test topshiriqlari umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o’quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to’ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig’iga 1 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topshirig’i muqobil javoblari bilan beriladi.
Abituriyent test sinovlari o’tkaziladigan kuni binoga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha faqat o’zining ruxsatnomasi va pasporti bilan kelishi lozim.
Abituriyent shaxsni identifikasiyalash vositalari (videofiksasiya qurilmalari va barmoq izlarini maxsus qurilmalar) orqali tekshirtirilib, shaxsi aniqlangandan so’ng tartibli ravishda binoga kiritiladi.
Abituriyentning shaxsi tasdiqlanmagan (abituriyentlar bazasidagi ma’lumotlarga mos kelmagan) taqdirda, shu joyga mas’ul etib belgilangan nazoratchi Ichki ishlar organlari xodimi bilan birgalikda abituriyentni test sinovidan chetlashtirish to’g’risidagi dalolatnomani rasmiylashtiradi va ushbu abituriyentni binoga kiritmaydi.
Binoga kirib, guruhidagi o’z o’rniga joylashgan abituriyent birinchi smenada soat 07:45 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:45 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
- test topshiriqlari kitobini nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
- test topshiriqlari kitobi raqamini o’zining familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan javoblar varaqasini tegishli qismiga ko’chirib yozish va mos doirachalarni bo’yash;
- bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo’lgan javoblar varaqasini to’g’ri to’ldirilishini ta’minlash;
- test topshiriqlari kitobi muqovasida hamda javoblar varaqasida ko’rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo’yish. Abituriyent test jarayonida quyidagilarni bajarishga shaxsan javobgar
- hisoblanadi:
- javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig’iga yozmaslik, javoblar
- varaqasidagi test topshiriqlari kitobi raqamiga mos doirachalar hamda javoblarni belgilash qismidan tashqari boshqa qismlariga ruchka tegizmaslik;
- belgilangan vaqt davomida javoblarini javoblar varaqasiga havo rangli pastali sharikli ruchka bilan to’ldirish;
- belgilangan vaqt tugagandan so’ng o’ziga tegishli test topshiriqlari kitobini va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Abituriyent test topshiriqlari kitobida to’g’ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo’yaydi (javoblar varaqasida bo’yalgan javoblarni o’zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, bitta test topshirig’iga javoblar varaqasida ikki va undan ortiq doiracha bo’yalsa yoki to’liq bo’yalmasa yoxud birorta ham doiracha bo’yalmasa ushbu test topshirig’iga ball berilmaydi.
Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo’yilmaydi.
Istisno tariqasida sog’ligi yomonlashganligi sababli test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. Guruhdan chiqqan abituriyentga qo’shimcha vaqt berilmaydi.
Quyidagi hollar abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish va test natijalarini chiqarilmaslikka asos bo’ladi:
- har qanday turdagi aloqa vositalari, kompyuter, telekommunikasiya vositalari, rasmga oluvchi vositalar, plastik karta, sumka, soat, lug’at, jadval, kitob, shpargalka, rangli ko’z oynaklar, qalam, ruchka, kalkulyator, lineyka, kalit, har xil taqinchoqlar va shu kabilarni (keyingi o’rinlarda - taqiqlangan vositalar deb ataladi) test sinovlari o’tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joyida uni olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo’lsa yoki ulardan test sinovi davomida foydalansa;
- test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
- test sinovlari jarayonida biri-biri bilan gaplashsa;
- test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi
- varag’ini yirtsa;
- test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini
- topshirishdan bosh tortsa.
Test sinovlari jarayonida abituriyent test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish, test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish va undan so’ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o’tkaziladigan hududdan chiqib ketish huquqlarga ega.
Test sinovlari tugagandan so’ng test sinovi jarayonida yozib olingan videokuzatuvlar o’rganilganda abituriyentning test sinovi tartib va qoidalarga amal qilmaganligi, jumladan yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlansa, bu holatlar uning test sinovi natijalarini chiqarilmasligiga, talabalar safidan chetlashtirishga hamda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.
Abituriyent quyidagi mezonlarga muvofiq ingliz tilini (IELTS/TOEFL/CEFR) bilish to'g'risidagi sertifikatni taqdim etishga majburdir:
- IELTS kamida 5,5 ball
- TOEFL IBT kamida 72 ball
- CEFR B2 darajasidan past emas.
INGLIZ TILI BILIMINI TASDIQLOVCHI SERTIFIKATINING YO’QLIGIDA ABITURIYENT UNIVERSITETDA O’QISH UCHUN QABUL QILINMAYDI.
Agar sizda biron bir savol bo'lsa, qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin:
CALL CENTRE
+ 998 66 240 67 70
+ 998 66 240 67 86
+ 998 66 240 86 06
+ 998 66 240 86 16
+ 998 93 348 33 80 (for Telegram)
Qabul komissiyasining manzili:
“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti Universitet xiyoboni 17, Samarqand. Birinchi qavat, 104-xona