Departament boshlig’i:
Telefon:
Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi universitetning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.
Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyruq va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining buyruq va farmoyishlari, “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Nizomi, universitet Ilmiy kengashi qarorlari, shuningdek, universitet rektorati buyruqlariga asoslanib ish ko’radi.
Bo’limning asosiy vazifalari:
- Universitetning ilmiy, innovatsion va nashriyot faoliyatini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
- universitet talabalari va o’qituvchilarining maqola chop ettirishdagi faolligini oshirish;
- o’tkazilayotgan tadqiqotlarning sifati va dolzarbligini oshirish;
- ta’lim va fanning integrasion jarayonlarini kuchaytirish, o’quv va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar, tashkilotlar va korxonalar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
- ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda fakultetga tashkiliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
- universitetning xalqaro miqyosda rivojlanishiga ko’maklashish;
- oliy ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning eng muhim ilmiy muammolarini ishlab chiqishda qatnashish.
Bo’limning asosiy funksiyalari:
- Universitetning ilmiy,innovatsion sion va nashriyot faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring va nazorat qilish;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini e’lon qilish;
- talabalar va universitet o’qituvchilarining xalqaro reyting jurnallarida nashr etish faolligini oshirish bo’yicha ishlarni tashkillashtirish;
- O’zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar, simpoziumlar, xalqaro va milliy konferensiyalarni tashkil etish va o’tkazish;
- doktorantlar, tadqiqotchilar va universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov va grantlarda ishtirok etishini tashkil etish;
- universitet talabalariga ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish va ishtirok etishda maslahat berish hamda uslubiy yordam ko’rsatish;
- ta’lim jarayonida ilmiy izlanishlar va innovatsiyalar natijalaridan faol foydalanish orqali turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish;
- boshqaruv organlari va tashkilotlarning talabiga binoan, bo’lim faoliyati to’g’risida statistik ma’lumotlar va hisobot hujjatlarini tayyorlash va taqdim etish.