KONSTANS AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
«IPAK YO‘LI» TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO
UNIVERSITETI
AXBOROT XATI
Qadrli hamkasblar!
2022-yil 23-sentyabr kunlari Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekistonda turizm imkoniyatlari va madaniy meros» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga qatnashishga taklif etamiz.
Konferensiyadan maqsad global yutuqlar, akademik bilim va tajriba almashish hisoblanadi. Konferensiyada turizm sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Konferensiya tashkilotchilari:
- Deutscher Akademischer Austauschdienst German Academic Exchange
Service (DAAD);
- Konstans amaliy fanlar universiteti
- «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
- O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari;
- Turizm va madaniy meros sohalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
- Yashil iqtisodiyotga o‘tish davrida turizmni rivojlantirish strategiyalari;
- Turizm sohasida raqamlashtirishning o‘rni va ahamiyati.
Konferensiyaning rasmiy tili: ingliz.
Maqola va tezislar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Konferensiya formati: gibrid (oflayn va onlayn tadbir platformasi).
Anjuman qatnashchilari: anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
AXBOROT XATIGA ILOVA
Materiallarni taqdim etish qoidalari
Talablarga muvofiq tuzilgan ishlar konferensiya tashkiliy qo‘mitasining elektron pochtasiga yuborilishi kerak.
Maqola va tezislarni Word formatida - birinchi muallifning ismi, masalan: «Azizov.tezis.doc» nomli fayllarda yuborishingiz talab qilinadi. Xat mavzusi «Konferensiya uchun maqola».
Taqdim etilgan materiallarda formatlash talablari bajarilmasa, tahririyat tomonidan rad etiladi.
Materiallarni qabul qilish 2022-yil 23-sentabrgacha quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., nilufar.raximova@univ-> Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Ilmiy-amaliy konferensiyaga taqdim etilgan eng yaxshi beshta maqola «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi «The Journal of Silk Road Tourism Studies» jurnalida bepul chop etiladi.
Ma'ruza matnlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
- ma'ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1,5 intervalda, 5-10 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
- ma'ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
- mavzudan keyin annotatsiyasi, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
- ma'ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
- matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan - 2,5 sm, va pastdan - 2,5 sm, o‘ngdan - 2,5 sm, chapdan - 2,5 sm o‘lchamda belgilanadi;
- ma'ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda «Microsoft Word 2003, 2007» formatida taqdim etiladi;
- ma'ruza matnida mavzuga oid nazariy masalalar bilan birga ularning amaliy yechimlari yoritilgan bo‘lishi lozim.
Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun maqolaning har bir beti uchun 15 ming so‘m belgilangan.
Muddat: maqola va tezislar 2022-yilning 23-sentabrga qadar qabul qilinadi va to‘plam shaklida chop etiladi.
NAMUNA
TEZISNING NOMI
F.I.Sh. (to‘liq)
Ish joyi
Ilmiy darajasi va mansabi
Telefon raqami va elektron pochtasi
Kirish. Tekst, tekst, tekst.
Maqsad. Tekst, tekst, tekst.
Materiallar va metodlar. Tekst, tekst, tekst. Natijalar. Tekst, tekst, tekst.
Xulosalar. Tekst, tekst, tekst.
Tashkiliy qo‘mita manzili:
140104, O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17 Mas'ul shaxslar:
Mansurova Nargiza Shamsidinovna - Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Raximova Nilufar Aminovna- Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Murajaat uchun telefonlar; +998901025055, +998906035523
Sizni bo‘lajak konferensiyada ko‘rishdan xursand bo‘lamiz!
Tashkiliy qo‘mita