Qadrli hamkasblar!
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand davlat universiteti 2023-yil 28-29-aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi” ijrosi yuzasidan Imom al-Buxoriy tavallud kuni munosabati bilan “Imom al-Buxoriy-muhaddislar sultoni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishini e’lon qiladi.
Konferensiyadan maqsad Islom dini ravnaqi hamda Islom sivilizatsiyasi rivojiga benazir hissa qo‘shgan Imom Buxoriyning olamshumul ahamiyatga molik diniy-ma’naviy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan bugungi tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish hamda ularning navbatdagi bosqichida dolzarblik kasb etayotgan vazifalarni belgilab olishni nazarda tutadi.
Konferensiya tashkilotchilari:
- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
- “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
- Samarqand davlat universiteti
Konferensiyada muhokama qilinadigan asosiy masalalar:
- Islom – odob-axloq dini! Imom al-Buxoriyning odob-axloq haqidagi qarashlari!
- Imom al-Buxoriy faoliyatlarida va xozirgi zamonda ustoz-shogird munosabatlari: tahlil va tadbiq.
- Sahihul Buxoriy asarining tarbiyaviy ahamiyati va ularni ta’limda qo‘llash.
- Hozirgi kunda O‘zbekistonda Imom al-Buxoriy ma’naviy merosini tadqiq etishga qaratilayotgan e’tibor.
Anjuman asnosida “Sahihul Buxoriy” asarining eng qadimiy va nodir qo‘lyozma nusxalari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:
- Konferensiya materiallari ekspertlar va tahririyat tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng ilmiy to‘plam holida chop etiladi.
- Tezis (1-3 bet) va maqolalar (7-8 bet) Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda bo‘lishi (yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm)
- Tezis va maqolalar o‘zbek, arab va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- Maqolaning yuqori qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi – F.I.Sh. ilmiy daraja va unvoni, shaxsiy telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatiladi.
- Maqolalarga keltirilgan izohlar (snoska) har bir sahifaning ostida beriladi. Adabiyotlar ro‘yhati maqolaning oxirida keltiriladi.
- Maqolalar mazmuni, statistik ma’lumotlar ishonchligi uchun mualliflar javob beradi.
Tezis va maqolalarni qabul qilish muddati: 15-aprel 2023-yil
Konferensiya bo‘lib o‘tadigan kun: 28-aprel 2023-yil
Tezis va maqolalar quyidagi manzil va mas’ul shaxsga yuboriladi:
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti , Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17.
Tel.: (+99866) 240-67-85.
Tel.:(+99891) 033 80 81
Э-почта: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Mas’ul shaxs: Sanjar Jumayev– “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi bosh mutaxassisi.