Payshanba, 13 Aprel 2023 12:14

UNESCO loyihalariga grant tanlovi

UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra UNESCO tomonidan 2005-yil “Madaniy ifodalarni turfa-xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi konvensiyasi doirasida Madaniy turfa-xillik Xalqaro jamg‘armasining ijrochilik san’ati, musiqa, kino/audiovizual san’ati, nashriyot, dizayn va media san’ati sohalari bo‘yicha ishlab chiqiladigan loyihalarga grant tanlovi e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun: Jamg‘arma mablag‘lari asosan turli madaniy mahsulotlar, xizmatlarni yaratish, ishlab chiqarish, tarqatish, ulardan foydalanishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan siyosat hamda strategiyalarni amalga oshirish yoki ishlab chiqjsh; rivojlanayotgan mamlakatlarda mahalliy, mintaqaviy madaniy sanoat va bozorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat sektori va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun ajratiladi. Taqdim etilayotgan barcha loyihalar barqaror ijodiy ekotizmga va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Loyihalar davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilishi va 1-2 yil davomida amalga oshirilishi lozim. Taqdim etiladigan loyihaning budjeti 100.000 AQSH dollaridan oshmasligi lozim.
Madaniyat va turizm vazirligi mazkur jamg‘arma moliyaviy yordamini olish uchun sohaga oid munosib loyihalarni joriy yilning 16-may kuniga qadar ingliz yoki fransuz tillarida quyidagi veb-sahifa orqali taqdim etishingiz so‘raladi https://en.unesco.org/creativity/ifcd/apply

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar