Dushanba, 26 Iyul 2021 14:40

E'lon

Hurmatli talabalar! O‘zbekiston Respublikasida Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlarni saylovlar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish hamda mazkur bilimlarni talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar” tanlovi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolani rasmiylashtirish talablari quyidagicha:

  • Ilmiy maqola 14 shirft (Times New Roman), 1 interval, sahifaning yuqori, past, chap va o‘ng tomondan 2 sm hoshiya, jami 5-6 bet bo‘lishi lozim;
  • Sahifaning o‘ng yuqori qismiga O‘UK / UDK (ЎУК/УДК) qo‘yiladi;
  • Ilmiy maqola mavzusi o‘zbek, rus, ingliz tillarida keltiriladi. Navbatdagi satrda ilmiy maqolada muallifning F.I.SH (materiallar yakka mualliflikda qabul qilinadi), oliy ta’lim muassasasining nomi, ta’lim bosqichi (bakalavr/magistr), ta’lim kursi, elektron pochta manzili, telefon raqami ko‘rsatiladi;
  • Yangi satrdan ilmiy maqolaning qisqacha mazmuni – annotatsiya (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 4-5 qator), undan so‘ng kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 6-10 ta);
  • Maqola kirish, asosiy qism, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida) qismlaridan iborat bo‘lishi va matnda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan tartibda raqamlangan shaklda, kvadrat qavsda keltirilishi lozim.

Tanlovga taqdim etilgan ilmiy maqolalar quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi:

Baholash mezoni

Ball

Ball

1

Rasmiylashtirish talablariga mosligi

0-5

 

2

Mavzu mazmuniga mosligi

0-20

 

3

Mavzuning yoritilganlik darajasi, ilmiy asoslanganlik holati

0-30

 

4

Xulosa va takliflar

0-30

 

5

Foydalanilgan adabiyotga matnda havola

0-10

 

6

Oxirgi 5-10 yilda nashr etilgan adabiyotlardan foydalanganligi

0-5

 
 

Jami:

100

 

 

 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich universitetda tashkil etilib saralab olingan ishtirokchilar ishlari universitet yo‘llanma xati va taqrizi bilan birgalikda 2-bosqich uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tuzilgan ishchi guruhga taqdim etiladi.

2-bosqich uchun tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlar 3 ta nominatsiya bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi:

  • “Eng yaxshi saylov qonunchiligi bilimdoni”;
  • “Eng yaxshi saylov tarixi bilimdoni”;
  • “Eng yaxshi saylov jarayoni bilimdoni”.

Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari (jami 9 nafar) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida ommaviy axborot vositalari ishtirokida 1-, 2-, 3-darajali diplom, ilmiy ishi chop etilgan to‘plam va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi.

Qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar ilmiy ishlarini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. e-mail pochtasiga yoki +998937253945 raqamiga ochilgan telegram profiliga 20-avgustgacha yuborishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel: +998944772204

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar