“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida jami – 880 nafar talabalar mavjud. Shuningdek, universitetda jami 38 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.
Universitet “Sport klubi” tomonidan 2023-yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xodimlar va talabalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur sport musobaqasida jami 50 nafar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirok etdi.