“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Fullbright” dasturi bo‘yicha amerikalik assistent Shanel Nasir boshchiligida Samarqand ayollar lakros jamoasi tashkil etilganligini hamma biladi. Ta’kidlash joizki, bu birinchi marta O‘zbekiston universitetlaridan, lakros bo‘yicha darslar bizning universitetimizda tashkil etilgan.
27-may kuni Shanel Nasir bilan birgalikda universitet Sport klubi Tayloq tumanida joylashgan “Madaniyat” o‘yin maydonchasida universitetimiz jamoasi va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan amerikalik professor-o‘qituvchilar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz sportchi ayollari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqadan so‘ng barcha ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar va ziyofat uyushtirildi. Sportchilarimizga kelajakda muvaffaqiyatlar tilaymiz.