Payshanba, 17 Mart 2022 18:34

E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vazirligi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida ishga taklif qiladi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlov asosida:

“Komplaens nazorat” bo‘limi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi (Mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisodiy tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, shu yo‘nalishda kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi lozim);

Marketing va rekruting bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi (Mutaxassisligi marketolog yoki iqtisodchi bo‘lishi lozim);

IT bo‘limi yetakchi mutaxassisi (Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis);

Yuridik byuro boshlig‘i (Mutaxassisligi huquqshunos hamda davlat tashkilotida kamida 3 yil yurist bo‘lib ishlagan bo‘lishi lozim);

Matbuot bo‘limi boshlig‘i (Mutaxassisligi filolog yoki jurnalist bo‘lishi lozim);

HoReCa Akademiyasi bo‘limi boshlig‘i va yetakchi mutaxassisi (Turizm va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi lozim);

SHXT Mamlakatlari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali xodimlarni ishga taklif qiladi:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

-  o‘zbek, ingliz va rus tillarini mukkamal bilishi;

- nomzod tomonidan shaxsan o‘zbek, ingliz va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi – KPI yoki CV;

-  o‘z sohasi bo‘yicha eng kamida 3 yildan 5 yilgacha mehnat tajribasiga ega bo‘lishi;

-  kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Exсel dasturlarini bilishi;

-  o‘z mutaxassisligini mukkammal bilishi;

-  soha bilan bog‘liq hujjatlarni yurita olishligi;

-  zarurat tug‘ilganda xizmat safarlariga chiqishi;

- yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajara oladigan;

- odob-ahloq normalariga rioya etadigan;

- shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik talab etiladi.

         O‘z navbatida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga:

- barqaror oylik maoshi;

- istiqbolli karyerani nazarda tutgan mehnat faoliyatini;

- xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.  

Ish  tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha).

Tanlov mudati: 2022 yil 10 aprel kuniga qadar

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

+998 66 240-67-73

O'qilgan 3523 marta
Kategoriya Vakant lavozimlar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar