O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 10 mart sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy merosi xalqaro universitetida “Career-2023” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlash , shuningdek, talabalarning bandligini ta’minlash, daromad manbaini topishlariga ko‘maklashish orqali to'g'ridan to'g'ri ish beruvchi korxona va tashkilotlar mas'ul xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va 50 dan ortiq talabalar tomonidan so'rovnomalar to'ldirib ishga joylshtirish ishlari amalga oshirildi.
Yarmarkada “AIR MARAKANDA” MCHJ, “SILK ROAD SAMARKAND” MCHJ, "SIYOB" GROUPS, tur firma hamda turli sayyohlik agentliklari vakillari ishtirok etishdi.