Bugun 3-4-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilayotgan “IPAK YO‘LIDA TIL, ADABIYOT, TARJIMA, TURIZM VA MADANIY MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Xalqaro konferensiyani universitet rektori A.Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochib, barcha anjuman ishtirokchilarini, xorijdan kelgan professor-o‘qituvchilarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga xush kelibsiz, deya konferensiya ishiga omad tiladi. Shundan so‘ng konferensiyada dastlabki ma’ruzani Turkiyaning Ege universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari instituti Turk dunyosi adabiyotlari kafedrasi professori Mexmet Temizkan boshlab berdi.
Ma’lumot uchun shuni aytish kerak, ushbu nufuzli konferensiyda ipak yo‘li mamlakatlarida til, adabiyot, tarjimashunoslik, turizm, madaniy meros, pedagogika sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlarni, aspektlarni va aloqadorlik jihatlarini ochib berish hamda ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan global ishlarni tahlil qilish, xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib qilishni jadallashtirish va shu kabi mavzu yuzasidan ilmiy va amaliy ishlar olib borish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.