E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan.
Ushbu tashabbus doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan 15-kuni ish jarayonlarini imkon qadar elektron shaklda tashkil etish, qog‘ozdan foydalanishni cheklash hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish so‘raladi.
Qog‘oz sarfini kamaytirish nafaqat tabiiy resurslarni asrash, balki ish jarayonlarini zamonaviy va raqamli shaklga o‘tkazish uchun ham muhim ahamiyatga ega.
“Qog‘ozsiz bir kun” — bugungi kichik qadam orqali kelajak uchun katta foyda yaratish tashabbusidir.