21-oktabr kuni universitetimizda talaba-yoshlar uchun navbatdagi "Ma’rifat soati" darslari tashkil etildi. "Kelajak soati" rukni ostida o‘tkazilgan ushbu ma’rifiy tadbir “Boqiy shaharlar: tarixi va buguni” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, shuningdek, talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu dars davomida talabalar tarixiy shaharlarimiz — Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi madaniyat beshiklarining boy o‘tmishi, ular bugungi kunda ham xalqimiz faxru iftixori ekanligi haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Mazkur "Ma’rifat soati" talabalarda milliy o‘zlik, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida yoshlarga boqiy shaharlarimizning bebaho merosi, ularning zamonaviy rivoji va xalqaro maydondagi o‘rni haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shubhasiz, bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodni ma’naviy yetuk, ongli va intellektual barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.