2026-yil 4-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xalimova Nilufar Abduxafizovna tomonidan atoqli adabiyotshunos va tarjimon Ibrohim G‘afurovning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Ibrohim G‘afurov — tarjima mahorati timsoli” mavzusida TTE-124, TTE-224 hamda FLJ-125 guruh talabalari ishtirokida ilmiy anjuman o‘tkazildi. Tadbir davomida Ibrohim G‘afurovning serqirra ijodi, tarjimachilik san’atidagi yuksak mahorati hamda milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ma’ruzalar va taqdimotlar namoyish etildi.
Anjuman davomida tashkil etilgan qiziqarli viktorina va savol-javoblar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirning asosiy mazmuni Ibrohim G‘afurovning boy ilmiy-adabiy merosi, tarjimon va adabiyotshunos sifatidagi sermahsul faoliyatini yoritishga qaratildi. Anjuman orqali talabalar uning o‘zbek adabiyoti va tarjimachilik maktabi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, yuksak ijodiy mahorati hamda ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur tadbir yoshlarni Ibrohim G‘afurov hayoti va ijodini chuqurroq o‘rganishga, uning ilmiy va adabiy faoliyatidan ibrat olishga undadi.