2025-yil 27-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun badminton bo‘yicha sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga badminton o‘yinining qoidalari, texnika va usullari amaliy tarzda o‘rgatildi. Qatnashchilar mashg‘ulotlar jarayonida tezkorlik, chaqqonlik hamda jamoada harakat qilish ko‘nikmalarini egallab bordilar.
O‘quvchi va yoshlar qisqa vaqt ichida badminton o‘ynashni puxta o‘rganib, bu sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdi. Tadbir ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.