Universitetimizda talabalar tashabbusi bilan faoliyatini boshlagan “UMO Students” media klubi yoshlarning ijodkorlik va faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Klubning asosiy maqsadi – talabalar hayoti, o‘quv jarayoni va universitetdagi voqealarni zamonaviy uslubda yoritish, shuningdek, yosh ijodkorlar uchun erkin fikr bildirish maydonini yaratishdir. Media klub universitet yangiliklari va talabalar tashabbuslarini, bloglar, maqolalar, reportajlar va intervyular tayyorlashni, foto va video kontent ishlab chiqish, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishni, dizayn va video-montaj bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etishni o‘z oldilariga maqsad qilishgan.