Talabalar o‘rtasida oraliq imtihonlar boshlanishi arafasida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda profilaktika inspektori Sh. Qurbonov, komplians nazorat bo‘limi xodimi hamda tyutor M. Tilavov ishtirok etdilar.
Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda har bir fuqaroning, xususan, talabalarning mas’uliyati va fuqarolik pozitsiyasi muhimligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, halollik, adolat va poklik kabi insoniy fazilatlarni hayot mezoniga aylantirish zarurligi haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi. Mazkur uchrashuv talabalar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lish ruhida o‘tkazildi.