Bugun, 22-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish, ular orasidan har tomonlama yetuk bilimlilarni aniqlash, kasbiy mahoratini oshirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi o’tkazildi. Tanlovda 20 ta jamoa bilimlar maydonida o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in kechgan bahs natijalariga ko‘ra;
1-o’rin - “Bibixonim” jamoasi
2-o’rin - “To‘maris izdoshlari” jamoasi
3-o’rin esa “Master Mind” jamoasiga nasib etdi. “Eng zukko ishtirokchi”, “Eng yaxshi jamoa” nominatsiyalari bo’yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Eslatib o’tamiz, birinchi liga g‘oliblari keyingi mavsumdan professional liga jamoalari safida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi.