2026-yil 17-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida American Councils for International Education tashkilotining Oliy ta’lim dasturlari direktori Graham Hettlinger tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet rektori hamda mehmon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, qisqa muddatli akademik kurslar va yozgi maktablarni tashkil etish, xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlik qilish hamda xorijiy talabalar uchun ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.