"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Qabul va marketing bo‘limi vakillari Samarqand shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchilari bilan uchrashdi. Muloqotda universitetning zamonaviy imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik aloqalari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, kelajakdagi kasb tanlash yo‘lida muhim maslahatlarga ham ega bo‘lishdi.