UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Bulung‘urda Amir Temur davri jonlantiriladi

22.01.2026 1 daq o'qish 1

Bulung‘urda Amir Temur davri jonlantiriladi

Bulung‘urda Amir Temur davri jonlantiriladi

Bulung‘ur tumanida joylashgan, Amir Temur davrida barpo etilgan Sherozqala arxeologik yodgorligi asosida qadimiy shahar konsepsiyasini ishlab chiqish va yangi turizm yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida Sherozqala hududi o‘zining tarixiy va me’moriy qiyofasini saqlagan holda restavratsiya qilinib, Amir Temur davrini aks ettiruvchi ochiq osmon ostidagi tarixiy-madaniy majmuaga aylantiriladi. Qadimiy shahar konsepsiyasiga muvofiq, hududda o‘sha davrga xos me’moriy elementlar, savdo rastalari, hunarmandchilik ustaxonalari hamda tarixiy sahnalarni namoyish etish uchun maxsus maydonlar tashkil etiladi.

#tarix
Ulashish: