UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

# “DOLZARB 90 KUNLIK” – ONLAYN SEMINAR TASHKIL ETILDI

27.06.2025 1 daq o'qish 1

# “DOLZARB 90 KUNLIK” – ONLAYN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi hamda Yoshlar oyligi munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalar uchun maqola yozish va chop etish bo‘yicha onlayn seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb etish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida fikr bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Tadbirda tajribali jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida maqola yozishning asosiy tamoyillari, ilmiy va publitsistik uslublarning farqlari, maqolani ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berilib, savol-javob shaklida muloqotlar o‘tkazildi.Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi mazmunli loyihalar davom ettiriladi.

Ulashish: