"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi va Tyutorlar hamkorligida bugun korrupsiyaga qarshi kurashish g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi rasm” tanlovi o'tqizildi
Ishtirokchilar korrupsiyaning salbiy oqibatlarini, halollik va adolatning ahamiyatini tasvirlagan o‘ziga xos, mazmunli ijodiy ishlarini taqdim etdilar.
Ularning ishlari jamiyatda halollik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi chuqur ma’no va badiiy yondashuv bilan ajralib turdi.
Tanlovning maqsadi — yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ijod orqali halollik g‘oyalarini keng yoyish va badiiy fikrlashni rivojlantirishdir.