"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” rukni ostida "Mehnatning tagi-rohat" mavzusida marifat darsi o'tkazildi. Bugun talabalarga “ Mehnatning tagi rohat” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi. Tadbir davomida mehnatning inson hayotidagi o‘rni, halol mehnat orqali erishiladigan yutuqlar hamda yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun tinimsiz izlanish va mehnat muhim ekani haqida so‘z yuritildi.
Ma’rifat soatida talabalar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir yoshlarni mehnatsevarlik, mas’uliyat va maqsad sari qat’iyat bilan intilishga undadi.
Zero, mehnat qilgan inson albatta rohatini ko‘radi!