“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yoshlar oyligi” va “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida mashhur yozuvchi Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurayotgan odam” asari yuzasidan adabiy viktorina o‘tkazildi.
Tadbir Prezidentimiz ilgari surgan “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yo‘nalishi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilindi.
Talabalar asar syujeti, qahramonlar xarakteri va g‘oyaviy mazmuniga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.