“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Bir talabaga bir loyiha” to‘garak mashg‘ulotlari yakuni bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi. Ushbu tanlovda universitet ilmiy izlanuvchisi Azimboyeva Jasmina hamda magistratura bosqichi bitiruvchi talabasi Nabiullina Alfira o’zlarining loyihalari bilan qatnashib, faxrli 1-o’rinni egallashdi. Mashg’ulotlar yakunida g’oliblar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.