2025-yil 26-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga kitob o‘qishning ahamiyati, bilim va dunyoqarashni kengaytirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ular o‘z sevimli asarlari bilan o‘rtoqlashib, kitoblardan olgan taassurotlari va xulosalarini bir-birlari bilan baham ko‘rdilar.
Kitobxonlik tadbiri yoshlarni ilmga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi, ularni ma’naviy boylikka intilish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga chorlovchi muhim omil bo‘ldi.