“Innoweek.Uz-2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan Yoshlar akademiyasining navbatdagi Assambleyasida universitet talabasi Shaxrizoda Sirojiddinova ham mufavvaqiyatli ishtirok etdi. Shuningdek, Assambleyada Yoshlar akademiyasining 130 nafardan ortiq liderlari, “Eng yaxshi muhandis” respublika tanlovi g‘oliblari hamda akademiyaning faol a’zolari qatnashdi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov hamda Nobel mukofoti laureati Rik Leymans bilan birgalikda Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni almashish, hududlardagi yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini kuchaytirish masalalari hamda tashkilotning kelgusi yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.